Maxfiylik siyosati
1. Qanday ma'lumotlar yig'iladi
- Telegram hisobi: Telegram ID, ism, foydalanuvchi nomi va profil rasmi — kirish uchun Telegram orqali beriladi.
- O'quv natijalari: yechilgan savollar, javoblar, aniqlik, reyting, ko'rilgan video darslar.
- Ixtiyoriy ma'lumotlar: viloyat va tuman (agar o'zingiz belgilasangiz), chatdagi xabarlar.
- Ilova qurilmasi: qurilma modeli nomi (faol qurilmalar ro'yxati uchun) va kirish vaqti.
- Bildirishnoma identifikatori: agar bildirishnomalarga ruxsat bersangiz — Firebase Cloud Messaging (Google) qurilma tokeni. Faqat eslatma yuborish uchun ishlatiladi; ilovadan chiqsangiz o'chiriladi.
Joylashuv: faqat siz «Joylashuvim orqali aniqlash» tugmasini bosib ruxsat bersangiz, qurilma joylashuvi bir martalik so'rov bilan serverga yuboriladi. Server uni faqat viloyat va tumanni aniqlash uchun ishlatadi; koordinatalar saqlanmaydi, faqat aniqlangan viloyat va tuman saqlanadi. Ruxsatni istalgan vaqt qurilma sozlamalaridan bekor qilishingiz mumkin.
Telefon raqami, kontaktlar, kamera yoki mikrofon Android ilova tomonidan yig'ilmaydi.
2. Ma'lumotlar nima uchun ishlatiladi
- Hisobingizga kirish va natijalaringizni saqlash;
- Savollarni darajangizga moslash, bilim tahlili va tavsiyalar;
- Reyting va umumiy (anonim, jamlangan) statistika;
- Darslarga qo'ygan bahoingiz («foydali bo'ldimi?») — dars sifatini yaxshilash uchun;
- Siz yoqqan eslatmalar: kunlik test eslatmasi va haftalik natija (ilova sozlamalarida o'chiriladi). Reklama yuborilmaydi.
Ma'lumotlar sotilmaydi va reklama uchun uchinchi tomonlarga berilmaydi.
3. Xavfsizlik
- Barcha ulanishlar HTTPS orqali shifrlangan.
- Ilovaga kirish faqat Telegram'dagi tasdiqlash bilan; kirish kodi 5 daqiqa amal qiladi va bir marta ishlaydi.
- Sessiya kaliti qurilmada shifrlangan holda, serverda esa faqat xesh (SHA-256) ko'rinishida saqlanadi.
- Faol qurilmalarni ilovada yoki botda /qurilmalar buyrug'i orqali ko'rish va chiqarib yuborish mumkin.
4. AI (sun'iy intellekt) xizmatlari
Tushuntirish, «Doskada yechim» ustoz darsi, ovozli tushuntirish va test tahlili uchun quyidagilar AI xizmatlariga yuboriladi: test savoli matni, variantlar va to'g'ri javob, siz AI'ga yozgan savol matni, Telegram botga yuborgan ovozli xabaringiz (matnga o'girish uchun).
Foydalanilayotgan xizmatlar: OpenAI (matn va ovoz), Google Gemini, Groq (ovozni matnga o'girish). Ularga ismingiz, Telegram ID yoki telefon raqamingiz yuborilmaydi. Yaratilgan tushuntirish va darslar xizmat serverida saqlanadi va boshqa foydalanuvchilarga ham ko'rsatilishi mumkin — ularda shaxsiy ma'lumot bo'lmaydi.
5. Balans va to'lovlar
Premium muddati, balans, pullik AI xizmatlari uchun yechilgan summalar (masalan, «Doskada yechim» darsi) va ularning sanasi saqlanadi — bularni Hamyon bo'limida o'zingiz ko'rasiz. Karta raqamlari ilovada kiritilmaydi va saqlanmaydi. Android ilovada to'lov qabul qilinmaydi.
6. Ma'lumotlar qayerda saqlanadi
Ma'lumotlar xizmat serverida (Yevropa Ittifoqidagi data-markaz) saqlanadi. Hisob faol bo'lgan davrda saqlanadi.
7. Hisobni va ma'lumotlarni o'chirish
Ilovada: Menyu → Qurilmalar va hisob → Hisobni o'chirish.
Ilovasiz: Telegram'da @Dominator_physic ga «Hisobimni o'chiring» deb yozing (Telegram ID'ingiz bilan).
So'rov 7 kun ichida bajariladi: natijalar, balans, Premium holati va profil ma'lumotlari o'chiriladi. Qonun talab qiladigan to'lov yozuvlari (bo'lsa) belgilangan muddat saqlanadi.
8. Bolalar
Xizmat ta'lim maqsadida. 13 yoshgacha bo'lgan foydalanuvchilar ota-ona roziligi bilan foydalanishi kerak.
9. Aloqa
Savollar uchun: Telegram @Dominator_physic